Xabar berganimizdek, kecha oqshom UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Instagram sahifasida jonli efir qildi.
Etiborlisi, ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor Xabibdan efirga ulashni so’radi.
«Meni ham efirga qo’sh», – dedi Makgregor translyaciya chog’ida.
Buni ko’rgan muxlislar Xabibga Makgregor translyaciyaga qo’shilgani xabarini berishdi.
«Kim kirdi?» – deya so’radi Xabib muxlislardan va shu zahoti o’quvchilar bilan xayrlashib, jonli efirni yakunladi.