UFC
jangchisi Jastin Getji Toni Fergyuson va Xabib Nurmagomedov o’rtasidagi jang
bo’lishini istamoqda.
“Xabib-Toni jangi bo’lishini istayman. Men esa Konorga qarshi iyun yoki
iyul oyida jang qilaman. Keyin har ikki jang g’oliblari sentyabrda to’qnash
keladi. Tayyorgarlik ko’rishim uchun sakkiz hafta etadi”,-dedi Getji.
Eslatib o’tamiz, Getji 18 aprel kuni Xabib Nurmagomedovning o’rniga Toni
Fergyusonga qarshi oktagonga ko’tarilishi lozim edi, ammo Kaliforniya
hukumatining taqiqi sababli oqshom bekor bo’lgandi.