Ultimate Fighting Championship (UFC) prezidenti Dana Uayt UFC 249 oqshomining markaziy jangi bekor bo’lishiga munosabat bildirdi.
Xabaringiz bor, ushbu chempionlik jangi Xabib Nurmagomedov va Toni
Fergyuson o’rtasida o’tkazilishi lozim edi. Lekin kecha Nurmagomedov
kutilmaganda vaziyat taqozosi bilan bu jangda ishtirok etmasligini malum
qilgandi.
«Ha, bu o’yinning oxiri shunday yakun topishini taxmin
qilgandim. Xabib jang qilmasligini bilardim. Fergyuson Getjiga qarshi?
Men matbuot bilan jang detallari haqida gaplashmoqchi emasman», – deya
Uaytning so’zlaridan iqtibos keltirmoqda Yahoo.