Rossiyaning “Ufa” klubi barcha
legionerlarini 30 mayga qadar qo’yib yubordi.
Bu haqda klub bosh direktori
SHamil Gazizov malum qildi. “Ufa”da yurtdoshimiz Oston O’runov ham to’p
tepishidan xabaringiz bor.
“Xorijlik o’yinchilarimiz? Biz
ularni 30 mayga qadar o’z uylariga ketishga ruhsat berdik. Agar chempionat iyun
oyi oxirida qayta boshlansa juda yaxshi bo’lardi. Agar legionerlar karantin
sabab qaytib uchib kela olishmasa, chempionatni rossiyalik futbolchilar bilan tugatib
qo’yamiz. Hech qisi yo’q”, – deya Gazizovning so’zlarini keltirdi “Ufa”
matbuot xizmati.
Eslatib o’tamiz, “Ufa” ayni
paytda Rossiya chempionatida 22 turdan so’ng 27 ochko bilan 16 jamoa orasida
9-o’rinda bormoqda.