MMAYangiliklar

Toni Fergyuson: Habib shunchaki qo‘rqmoqda

UFC chempionlik kamariga da’vogar Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovning UFC 249 kechasidan o‘rin olgan jang bekor qilingani borasidagi gapiga munosabat bildirdi.

Jang 18-aprel kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangandi, biroq Habib Rossiyani tark etmasligini ma’lum qildi.

“Yigit jang qilishni istamayapti. U qo‘rqib qolgan, qochmoqda. Shu sabab uni sovrindan mahrum qilish kerak”, — deya Fergyuson so‘zlarini keltirmoqda ESPN.

Shuningdek, Fergyuson Twitter orqali ham o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biz uni qo‘rqitib qo‘ydik. Unda Abu-Dabi orqali AQShga qaytish imkoniyat bor edi. Unda samolyotga o‘tirish va qaytish uchun barcha imkoniyat bor. U ikkinchi bor qochib qoldi.

Men yollanma qotilman. Habib va Konor laycha itdek oyog‘ini qo‘lga olib qochmoqda. Habib — yaramas. Unga boshidagi shlyapa bilan polni artishimni aytgandim, yigitcha qochib qoldi”, — deydi Fergyuson.

Habib va Toni o‘rtasidagi jang beshinchi marta bekor qilindi. Mazkur sportchilar o‘rtasidagi jang ilk bor 2015-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button