Yangiliklar

Tokio-2020 bir yilga surilishi qanchaga tushadi?

Moddiy zarar oqibatlari o’rganilmoqda.

Xalqaro olimpiya qo’mitasi rahbari Tomas Bax Tokio olimpiya o’yinlarining bir yilga qoldirilishi qanchaga tushishi haqida fikr bildirdi.

“Tokio-2020 yozgi olimpiya o’yinlarining bir yilga surilishi, taxminan yuzlab million dollarga tushadi. Bizni olimpiadani qoldirish haqida kechroq qaror qabul qilganimiz uchun ayblash to’g’ri bo’lmaydi. To’liq ishonch hosil qilmagunimizga qadar bunday qaltis qaror qabul qilishimiz mumkin emas edi”, – dedi Bax.

Eslatib o’tamiz, yozda o’tkazilishi lozim bo’lgan Tokio yozgi olimpiya o’yinlari (COVID 19) pandemiyasi sababli bir yilga surildi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button