FutbolYangiliklar

Tojikiston Oliy ligasini 10 ga yaqin davlat translyatsiya qilmoqda

Qo’shnilarimizda futbol uchrashuvlari davom etmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sababli butun dunyoda futbol uchrashuvlari toxtab qolgan  bir paytda Tojikiston Oliy ligasi o‘yinlari davom etayotgan dunyodagi 4-chempionatga aylandi. Bu haqda Tojikistonning”Aziya plyus” manbasi xabar bermoqda.

Bugungi kungacha qo‘shni mamlakatda koronavirus aniqlanmagani bois, Tojikiston chempionati o‘yinlari boshlangan. Markaziy Osiyodagi ushbu mamlakat chempionatidan tashqari dunyo bo‘yicha Belarus, Nikaragua va Burundida futbol o‘yinlari davom ettirilmoqda.

“Ushbu haftada tojik futboli dunyo futboli e’tiboriga tushdi. Tojikiston Oliy ligasi o‘yinlari AQSH, Yaponiya, Argentina, BAA, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Serbiya, Belgiya va bir qator mamlakat kanallari orqali onlayn-translyatsiya qilindi”, – deya yoziladi manbada.

Tojikiston Oliy ligasi bahslari “Varzish Sport” va “Futbol HD” kanallari orqali ham namoyish etilmoqda.

Eslatib o’tamiz, ayni damda Oliy ligada 22 nafar O’zbekistonlik futbolchilar to’p tepishmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button