Mazkur bahs 2009 yil 9 yanvar
sanasida mezbonlarning ikkinchi uy arenasi bo’lmish “Mini Estadi’ stadionida
o’tkazilgan.
Toshkentning Bunyodkor jamoasi O’zbekiston klublari orasida birinchilardan
bo’lib Barselona bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan klub hisoblanadi.
2007 yildan so’ng oldinga katta qadam tashlagan klub infratuzilma borasida jahonning ko’plab jamoalaridan andoza olishni va uni o’zida tadbiq etishni boshladi. Mazkur loyiha asosida 2009 yilga kelib ikki klub o’rtoqlik uchrashuvida to’qnash kelishadi.
09.01.2009.
Kataloniya. “Mini Estadi” stadioni
“BARSELONA”1 –1 “BUNYODKOR”
Gollar: Karles Puyol 21, Server Jeparov 37
“Barselona”: Albert Xorkera, Daniel Alves, Martin Kaseres, Karles Puyol, Silvino, Seydu Keyta, Eydur Gudyonsen, Xavi, Lionel Messi, Samuel Eto’O, Terri Anri.