FutbolYangiliklar
Server Jeparov turli yillarda o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoasini tuzdi

O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston milliy jamoasi safida o‘yinlari soni bo‘yicha rekordchi sanalgan Server Jeparov tomonidan tuzilgan ramziy jamoani e’lon qildi.
E’tiborlisi, Server Jeparov O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida turli yillarda o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoaga futbolimiz afsonalari, hozirgi yetakchilari bilan bir qatorda kutilmagan futbolchilarni ham kiritgan.

Server Jeparov ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Yuriy Sheykin (marhum)
Himoyachilar: Islom Inomov, Andrey Fyodorov, Farhod Magometov, Vitaliy Denisov
Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov
Hujumchilar: Jasur Yaxshiboyev, Mixail An (marhum), Eldor Shomurodov.
Bosh murabbiy: Bob Robert Hafton (Angliya)