FutbolYangiliklar

Server Jeparov farzandi bilan 14 kunlik izolyatsiyadan chiqdi

Jeparov ikki hafta  maxsus jihozlangan konteynerlarda bo’ldi.

Biz olgan ma’lumotlarga ko’ra, ular Rossiyaning Qozon shahridan O’zbekistonga qaytib kelgan va 2 hafta davomida maxsus izolyatsiyalangan konteynerlarga joylashtirilgan. Jeparov karantindan chiqqani haqda Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.

“COVID-19. 14 kun maxsus jihozlangan konteynerlarda bo’ldik. Prezidentimiz Mirziyoev SHavkat Miromonovich o’z xalqiga g’amxo’rlik qilayotgani uchun tashakkur! Fikrimcha, konteynerlar karantinda yashash uchun zarur bo’lgan barcha narsalar bilan taminlangan.

4 kishi yashadik. Televizor, kondicioner, hojatxona, hammom (dush), issiq va sovuq suv, shahar telefoni, choynak qaynagan suvi bilan, suv qaynatishga maxsus choynak, piyola, gigiena vositalari, tish pastasi, cho’tkalar, niqoblar, qo’lqoplar, sovun, shampun, tozalikni saqlash uchun chelak va latta bor. Ovqat kuniga 3 mahal, kotletlar, tovuq, guruch, grechka, perlovka, makaronlar, palov, suv, salatlar, olmalar, mandarinlarning barchasi bir martalik idishlarga solingan, bu esa karantin qoidalariga rioya qilinayotganidan darak beradi. Desertga choy va shirin pechenelar, ertalabki nonushtaga esa yogurt, tuxum, bo’tqa (kasha), sariyog’, pishloq, sosiskalar berildi.

Bizga xizmat ko’rsatgan xodimlar, test tahlillarini olgan shifokorlar, 14 kun davomida biz bilan bo’lib, kundalik muammolarimizni hal qilganlarga chin yurakdan minnatdorchilik bildirmoqchiman, bu ular tomonida ko’rsatilgan haqiqiy qahramonlikdir.

Biz buni uddalik, bu oson emas edi. SHaroitlar esa yashashimizni osonlashtirdi. Davlatimiz Prezidenti hamda uning jamoasiga yana bir bor tashakkur. Endi men va o’g’lim uy karantinida bo’lamiz. Keling, barchamiz birgalikda pandemiyaga qarshi kurashaylik, karantin talablariga amal qilgan holda COVID-19 virusini engishimiz mumkin”, – deya sahifasida izoh qoldirgan Jeparov.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button