FutbolYangiliklar

Ronaldo Ektor Kuperning ish uslubi yoqmas edi

Braziliyalik sobiq hujumchi Ronaldo Italiyaning “Inter” klubidagi faoliyatini eslab, bosh murabbiy Ektor Kuperning ish uslubi haqida “As” nashriga o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

“Ektor Kuper yengil mashg‘ulot deya bizni o‘rmonda 3-4 kilometr yugurishga majburlardi. U shu yo‘l bilan biz futbolchilarni jazolaganmi yoki ish uslubimidi buni bilmayman. Shunchaki dahshat edi”, – deya eslaydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, Ronaldo “Inter” klubida 1997-2002 yillar davomida to‘p surgan. Kuper esa 2001-2003 yillarda milanliklar jamoasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuperning so‘nggi ish joyi O‘zbekiston milliy jamoasi bo‘lgan edi. U bir yillik faoliyatidan keyin 2019 yilda iste’foga chiqarilgandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button