Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

Rasman. UFC 249 turniri o’tkaziladi, jang manzili aniq bo’ldi (to’liq ro’yxat)

Xabar berganimizdek, 18 aprel kuniga belgilangan UFC 249 turniri koronavirus pandemiyasiga qaramasdan o’tkazilishi elon qilingan edi.

Turnir tashkilotchilari UFC 249 oqshomining faytkard, yani to’liq janglar ro’yxatini tasdiqlashdi va buni rasman keng ommaga elon qilishdi. Kechaning markaziy jangi engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun amerikalik Toni Fergyuson hamda Jastin Getji o’rtasida bo’lib o’tadi.

Xabaringiz bor, Getji amaldagi jahon chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedovning o’rnini egallagandi. Anderkard, yani nufuzi bo’yicha ikkinchi jang revansh maqomida bo’lib, unda Jessika Andrade va Rouz Namayunas oktagonda to’qnash kelishadi.

UFC 249 turnirining to’liq janglari ro’yxati:

Jastin Getji — Toni Fergyuson;

Jessika Andrade — Rouz Namayunas;

Greg Xardi — Yorgan De Kastro;

Visente Luke — Niko Prays;

Kelvin Kattar — Jeremi Stivens;

Jairzino Rozenstruyk — Frensis Ngannu;

Yuraya Xoll — Jakare Souza;

Aleksandr Ernandes — Omar Antonio Morales;

Marlon Vera — Rey Borg;

Maykl Jonson — Xama Vorti;

Sijara Yubenks — Sara Moras;

Rayan Spann — Sem Alvi.

UFC prezidenti Dana Uayt UFC 249 kechasi qaerda o’tkazilishini malum qildi.

“Xususiy orolni ijaraga olaman. U erga kerakli barcha jihozlarni joylashtiramiz. Orolda barcha mamlakatlardan kelgan jangchilar oktagonga ko’tarilishlari mumkin. Agar davlat hududida jang o’tkazadigan bo’lsam, barcha ishtirokchilar bu oqshomda jang qila olmasliklari mumkin dedi“- Uayt

Eslatib o’tamiz, ushbu oqshom doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov ham o’z jangini o’tkazishi kerak edi. Ammo, tashkilotchilar Muradovning Karl Robersonga qarshi jangini bekor qilish. Bu Mahmudning UFCdagi uchinchi jangi bo’lishi mumkin edi.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.