FutbolYangiliklar

Rasman! PSJ Fransiya chempioni deb topildi

Bu haqda mamlakatdagi taniqli L’Equipe nashri bosh muharriri o’rinbosari Joel Domenigetti xabar bermoqda.

“CHempionatlar tugadi. Jadvaldagi o’rinlar saqlanib qolindi. PSJ – Liga 1 chempioni”, – deb yozadi jurnalist o’z tvitter sahifasida.

Parijliklardan tashqari CHempionlar Ligasida “Marsel” va “Renn” klublari ishtirok etadi. “Lill”, “Reyms” va “Nissa” jamoalari esa Evropa Ligasida qatnashishadi. Qizig’i “Lion” evrokuboklardan chetda qolib ketmoqda.

Yuqori diviziondan “Amen” va “Tuluza” quyi divizionga tushib ketishsa, Liga 2’dan “Loryan” va “Lans” klublari oliy ligaga yo’llanma olishadi.

Koronavirus sabab chempionat to’xtab qolgan paytda PSJ “Marsel”dan 12 ochko ilgarilab ketgan holda, etakchilik qilayotgan edi.


Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button