FutbolYangiliklar

Rasman! Fransiyada mavsum yakunlandi

Ligue 1 va 2 division o’yinlari to’xtatildi.

Fransiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli to’xtatildi.Bu haqda Bosh vazir Edvard Filipp aytdi.

“Quyoshli kunlarda sportning ayrim turlari bilan masofani saqlagan holda ochiq xavoda shug’ullanish mumkindir. Biroq, yopiq inshootlarda, shuningdek, muntazam aloqada bo’luvchi va jamoaviy sport turlarida esa bu imkonsiz”-deydi Filipp.

SHu tariqa, Fransiyada futbol bahslari sentyabrgacha qaytmaydi. Joriy mavsum chempioni, shuningdek, quyi divizionga tushib ketadiganlar aniqlanishi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o’tamiz, Ligue 1 koronavirus tufayli 13 mart kuni to’xtatilgan edi.

Manba:http://isport.ua


Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button