FutbolYangiliklar

Qirg’iziston yulduziga aylangan sobiq futbolchi vafot etdi

Sobiq futbolchi 30 yoshda edi.

Qirg‘iziston terma jamoasining sobiq futbolchisi Rustam Zokirov 15-aprel kuni shifoxonada jon berdi. Bu haqda OFK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Zokirov turli yoshlar toifasida milliy libosda harakat qilgan, o’z vatanida mashxur futbolchi sanalar edi.

U 2004 yilda bo’lib o’tgan U-17 o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatida, 2006 yilda  yoshlar o’rtasida o’tkazilgan,  Osiyo birinchiligida to’p surgan. 2008 yildan 2014 yilgacha  milliy terma jamoa libosini himoya qilgan.  

Rustam Zokirov faoliyati mobaynida “Abdish-Ata” va “Alg‘a”  klublarida to‘p surgan. “Alg’a jamoasida bir necha bor Qirg‘iziston chempionligini  qo‘lga kiritgan.

30 yoshli futbolchiga 10 aprel kuni qon quyish zarurligi ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button