Yangiliklar

O’zbekistonlik paralimpiyachilar aksildoping sababli musobaqalardan chetlatildi

Bu haqda Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Oʻzbekistonlik 4 paralimpiyachi aksildoping qoidalarini buzganlik uchun 4 yilga musobaqalardan chetlatildi. Ular orasida 3 pauerlifter va bir yengil atletikachi bor.

Sanksiyalar pauerlifterlar — Ismira Islomova, Shahzoda Mamadaliyeva va Muslima Nuriddinova hamda yengil atletikachi Kamolaxon Abdullayevaga nisbatan joriy qilingan.

“Sportchi ataylab yoki oʻzi bilmagan holda taqiqlangan moddani qoʻllaganidan qatʼi nazar, uning doping namunasida taqiqlangan modda aniqlanganda aksildoping qoidabuzarligi yuz beradi”, deyilgan xabarda.

Ismira Islomova va Shahzoda Mamadaliyevaning Fransiyadagi 2018-yilgi jahon chempionatida olingan doping-namunalarida Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan modda borligi aniqlangan. Sportchilar 2018-yil 31-avgustdan 2022-yil 30-avgustgacha musobaqalardan chetlatilib, ularning 2018-yil may oyidan keyingi natijalari bekor qilinadi.

Yana bir pauerlifter Muslima Nuriddinovaning Yaponiyada oʻtgan Osiyo va Okeaniya davlatlari oʻrtasidagi musobaqada olingan namunasi unda taqiqlangan modda borligini koʻrsatgan. Sportchi 2018-yil 30-noyabrdan 2022-yil 29-noyabrgacha diskvalifikatsiya qilindi. Bundan tashqari, uning yuqorida keltirib oʻtilgan chempionatda qoʻlga kiritgan oltin medali va oʻrnatgan Osiyo rekordi bekor qilindi.

Paraatletikachi Kamolaxon Abdullayeva esa 2018-yilgi Paraosiyo oʻyinlarida doping qoʻllaganlikda ayblangan. Sportchi 2019-yil 11-fevraldan 2023-yil 10-fevralgacha musobaqalardan chetlatilib, 2018-yil oktyabr oyidan boshlab barcha medallar, ochkolar, rekordlar va sovrinlardan mahrum qilinadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button