FutbolYangiliklar

O’zbekistonlik futbolchilar xayriya ishlarga bosh bo’lishmoqda

Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi hukm surayotganidan xabaringiz bor.

ODIL VA AZIM AHMEDOVLAR

O’zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov tashabbusi bilan Ahmedovlar oilasi Namanganda katta xayriyaga qo’l urdi. Odilning o’zi Xitoyga, «SHanxay SIPG» ixtiyoriga etib borganiga qaramay uning aka-ukalari, xususan «Navbahor» yarim himoyachisi Azim Ahmedov Namangan shahridagi bir qancha mahallalarga borib, hozirgi vaziyatda qiynalgan, nogironlari bor xonadonlarni yo’qlashdi. Un, go’sht, yog’, makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari to’la ortilgan mashinani Azim Ahmedovning o’zi boshqarib bordi.



OTABEK SHUKUROV

O’zbekiston terma jamoasi hamda «SHarja» klubi azosi Otabek SHukurov o’zi tug’ilib o’sgan Qashqadaryo viloyati, CHiroqchi tumanidagi kam taminlangan oilalarga yordam qo’lini cho’zishga bel bog’ladi. CHiroqchi tumanidagi mahallalarda istiqomat qiladigan va karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga Otabek SHukurov beg’araz yordam qo’lini uzatmoqchi. Bugun futbolchi CHiroqchi bozoridan kunlik ehtiyoj uchun kerak bo’ladigan 100 million so’mga yaqin mahsulotlarni (kartoshka, go’sht, piyoz, un-yog’ va hokazo) xarid qilgan va uni muhtoj oilalarga tarqatdi. Bundan tashqari SHukurov instagramdagi o’z sahifasida boshqa futbolchilardan ham xayriya chellejiga qo’shilishga chaqirdi.

https://www.instagram.com/p/B-UloVwDs53/

ELDOR SHOMURODOV

Terma jamoamizning yana bir vakili Eldor SHomurodov esa sobiq klubi «Bunyodkor» tarbiyalanuvchilariga yordam qo’lini cho’zdi. Gap shundaki, Mirjalol Qosimovning katta o’g’li murabbiylik qilayotgan «Bunyodkor-2004» jamoasi Rossiyaning Krasnodar shahrida ananaviy IX Sergey Igorevich Vaxrushev xotira turnirida ishtirok etayotgandi. Biroq 17 mart kuni Rossiya sport vazirligi mamlakat hududida har qanday xalqaro musobaqalarni o’tkazishni taqiqladi va xotira turniri ham shu qarorga ko’ra bekor qilindi.

Qaytish chiptalari keyinroqqa olingani bois «Bunyodkor-2004» jamoasi bir necha kun davomida Rossiyada qolib ketdi. Jamoa bir muddat Krasnodarda bo’ldi va Rostovga ko’chib o’tdi. Yosh futbolchilar bir necha kun davomida mehmonxonada istiqomat qilishdi. SHunda Eldor o’z hisobidan yosh futbolchilarga yordam bergan hamda jamoa azolariga Rostovdan Moskvaga borish chiptalarini olib bergan. So’ngra «Bunyodkor-2004» vakillari O’zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan charter reys orqali Moskvadan O’zbekistonga olib kelingan.

Saytimiz tahririyati nomidan bugungi qiyin davrda hamyurtlarimizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button