Yangiliklar

O‘zbekistonda Virus yuqtirganlar soni 1200 dan oshdi. Bir sutkada167 kishida aniqlandi #uydaqoling

O‘zbekistonda 15-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 61 kishiga oshib, 1275 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Avvalroq 15-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1214 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 99 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.

Qayd etish joiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining qayd etilishi sezilarli oshdi. Xususan, 8-aprel kuni 26-kishida, 9-aprel kuni 36 kishida, 10-aprel kuni 87 kishida, 11-aprel kuni 98 kishida, 12-aprel kuni ham 98 kishida, 13-aprel kuni 133 kishida, 14-aprel kuni esa 167 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Manba: Daryo.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button