FutbolYangiliklar

O’zbekiston Superligasini Match TV koʼrsatish ehtimoli mavjud

Bu haqda, bloger Shag’boz Beg’amov o’zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Yevropada milliy chempionatlar orasidan faqatgina Bundesliga tezroq tiklanib, davom ettirilishi ehtimoli kattaroq. Qolgan ligalarda pandemiya tufayli istalgan payt Belgiya, Niderlandiya, Fransiya kabi chempionatni yakunlamay tugatib qoʼyishlari mumkin.

Oʼzbekistonda Xudo xohlasa hammasi yaxshi boʼlib tursa va karantin 10 may kuni tugab, qayta choʼzilmasa, unda jamoalar mashgʼulotlarga kirishishlari va OʼFА hamda PFL jamoalarga chempionat davomiga qadar 2 haftalik intervalda mashgʼulotlarga ruhsat berishi mumkin. Demak, hammasi yaxshi boʼlib tursa, Xudo xohlasa, may oyi yakuniga qadar Superliga tiklanishi mumkin.

Bu orada Yevropada futbol qayta “uygʼonmasa”, unda katta ehtimol Turkmaniston chempionatiga qiziqish bildirgan, lekin yakunda translyatsiya huquqini qoʼlga kirita olmagan Rossiyaning Match TV kanali Oʼzbekiston Superligasi translyatsiyasiga ham eʼtibor qaratishi mumkin.

Rasman tasdiqlanmagan, lekin maʼlum boʼlishicha, Match TVga Turkmaniston chempionatining translyatsiya huquqini qoʼlga kiritish АPLdan ham qiyinroqdek koʼringan.

Xudo xohlasa hammasi yaxshi tomonga oʼzgarib, karantin tugasa va Superliga tiklansa, ajab emas chempionatimizni butun MDH katta qiziqish bilan boʼlmasada, yuqori chanqoqlikda tomosha qilsa, a?”,- deydi Shag’boz.

Qayd etib o’tish joiz, Yevropada faqatgina Belarus chempionati davom etmoqda.

Manba: https://t.me/shakhbozbegamov


Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button