Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Yangiliklar

O’zbekiston koronavirus yuqtirganlar soni bo’yicha Afg’onistonga yaqinlashib oldi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 310 kishiga yetdi. Infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 12 kishi oshgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Shu bilan bir qatorda O’zbekiston qo’shnisi, Afg’onistonda bugungi kun natijarga ko’ra 337 nafar qayd etilgan.
Rossiya mamlakatida 4 731 ni tashkil etmoqda.
Qozog’iston 551 nafarni ro’yhatga olgan bo’lsa Qirg’iziston esa 144 nafarni keltirib o’tgan.
Turkmaniston va Tojikistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Avvalroq 5-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holati bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 nafarga oshib, 298 kishiga yetgani xabar berilgandi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida 85 bemorning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgani, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir deb baholanayotganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasidagi 35 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o‘tkazilgan.

5-aprel, yakshanba kuni, mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi.

Аvvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etganikkinchi qurbon — Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor. U kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan.

Shuningdek, Nyu-York shahrining Bruklin tumanida ikki o‘zbekistonlik — bir nafar erkak hamda bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshib ketdi.

Manba: Daryo.uz


Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.