Bu taklif o’rganib chiqilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining “O’zbekistonda 2025 yil yoshlar o’rtasida IV yozgi Osiyo o’yinlarini o’tkazishni tashkil etish to’g’risida”gi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamalari portaliga joylashtirildi.
Quyida qaror loyihasi bilan to’liq tanishishingiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O’zbekiston
sport delegaciyasi 2019 yilning 28 sentyabr kuni Qatarning Doha
shahrida bo’lib o’tgan Osiyo Olimpiya Kengashining 73-ijroqo’m
yig’ilishida ishtirok etdi.
O’zbekiston sport delegaciyasi Osiyo
Olimpiya Kengashi prezidenti SHayx Axmad Al-Faxad Al-Sabax hamda Osiyo
Olimpiya Kengash azolari bilan bir qator uchrashuvlar o’tkazdi. Unda
O’zbekistonda 2025 yilda yoshlar o’rtasida IV yozgi Osiyo o’yinlari va
2030 yilda XXI yozgi Osiyo o’yinlari o’tkazilishi masalalari muhokama
qilindi.
SHuningdek, Ijroqo’m kun tartibiga ko’ra Toshkentda 2025
yilda yoshlar o’rtasida IV yozgi Osiyo o’yinlarini o’tkazish bo’yicha 10
daqiqalik taqdimot o’tkazildi.
O’zbekistonda 2025 yilda yoshlar
o’rtasida IV yozgi Osiyo o’yinlarini o’tkazish bo’yicha taqdimotdan
so’ng, O’zbekistonda barcha sharoitlar, shu jumladan ushbu xalqaro
musobaqani o’tkazish bo’yicha zarur sport infratuzilmasini tayyorlash
bo’yicha olib borilayotgan ishlarni inobatga olib, Osiyo Olimpiya
Kengashi Toshkentda ushbu nufuzli tadbirni o’tkazishga rozilik bildirdi.
Bundan
tashqari, O’zbekistonda 2030 yilda XXI yozgi Osiyo o’yinlari
o’tkazilishi bo’yicha taqdim qilingan talabnoma qabul qilindi
hamda 2020-2021 yillarda bo’lib o’tadigan navbatdagi Osiyo Olimpiya Kengashining yig’ilishida ko’rib chiqilishi malum qilindi.
Yoshlar
o’rtasidagi yozgi Osiyo o’yinlari 43 ta xorijiy mamlakatdan, kamida 9
ta sport turidan 14-17 yoshli sportchilar o’rtasida o’tkaziladi.
Birinchi
yoshlar o’rtasida yozgi Osiyo o’yinlari 2009 yilda Singapurda, 2013
yilda Nankin (Xitoy), 2017 yilda Xambantotada (SHri-Lanka), o’tkazilgan
bo’lsa, 2021 yilda SHantau (Xitoy), 2025 yilda Toshkent va Samarqand
shahrida (O’zbekiston) o’tkazilishi rejalashtirilgan.
O’zbekistonda
2025 yilda yoshlar o’rtasida yozgi Osiyo o’yinlarini o’tkazish orqali
mamlakatning obro’si, brend sifatida mamlakat to’g’risidagi malumotlar
orqali mehmonlarning xabardorligini oshirish, mamlakat infratuzilmasini
rivojlantirish, turizmni rivojlantirish va investiciyalarni jalb qilish,
nafaqat poytaxt, balki mamlakat hududlari qiyofasini yaxshilash
natijasida mamlakatning ichki qiyofasiga ham o’z ijobiy tasirini
ko’rsatadi.
SHu bilan bir qatorda, jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish, jahon standartlariga to’liq javob bera oladigan yagona
sport infratuzilmasini yaratish borasida mamlakatning mavjud
imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmayapti. Xususan:
birinchidan,
mustaqillikka erishilgandan so’ng shu kunga qadar xalqaro talablarga
javob bera oladigan sport infratuzilmasi (shu jumladan, olimpiya
shaharchasi) yaratilmagan;
ikkinchidan, yirik xalqaro kompleks
musobaqa o’tkazish uchun xalqaro talablarga to’liq javob bera oladigan
logistika, transport infratuzilmasi mavjud emasligi bois, yozgi Osiyo va
Olimpiya o’yinlari O’zbekistonda shu kunga qadar o’tkazilmagan.
O’zbekiston
Respublikasida yirik nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o’tkazishga
tayyorgarlik ko’rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O’zbekistonda
2025 yil yoshlar o’rtasida IV yozgi Osiyo o’yinlarini o’tkazishni
tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga mo’ljallangan
chora-tadbirlar dasturi (keyingi o’rinlarda Dastur deb ataladi)
1-ilovaga muvofiq;
O’zbekistonda 2025 yil yoshlar o’rtasida IV
yozgi Osiyo o’yinlarini o’tkazishni tashkil etish uchun munosib
infratuzilmani yaratishga mo’ljallangan chora-tadbirlar dasturini amalga
oshirish bo’yicha respublika ishchi guruhi (keyingi o’rinlarda ishchi
guruh deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yo’nalishlari etib belgilansin:
O’zbekistonda
2025 yil yoshlar o’rtasida IV yozgi Osiyo o’yinlarini (keyingi
o’rinlarda musobaqalar deb ataladi) o’tkazish bo’yicha tashkiliy
masalalarni amalga oshirish;
musobaqalarni o’tkazish bo’yicha xorijiy tajribani o’rganish;
musobaqalarni
o’tkazish bo’yicha respublikada mavjud bo’lgan sport inshootlari,
logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarini o’rganish hamda
yangilarini barpo etish bo’yicha takliflar tayyorlash.
3. Ishchi guruh (A.A. Abduxakimov):
musobaqalarni o’tkazish bo’yicha tashkiliy masalalarni tezkor va sifatli hal etsin;
Dasturda
nazarda tutilgan barcha tadbirlar to’liq amalga oshirilishi yuzasidan
masul vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari
faoliyatini muvofiqlashtirsin;
o’rganilgan xalqaro tajriba natijalarini tahlil qilish va musobaqalarni o’tkazishni tashkil etishda samarali foydalansin;
mavjud
infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida amalga oshirilishi
zarur bo’lgan chora-tadbirlarni belgilash, qo’shimcha infratuzilmalarni
yaratishga bo’lgan sarf-xarajatlarni, shuningdek, taqdim etilgan
malumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni kompleks tahlil qilish asosida
takliflar ishlab chiqsin hamda 2021 yil 10 yanvarga qadar Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin;
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o’z
vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan ishlab chiqilgan hududiy
dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar o’z vaqtida va sifatli amalga
oshirilishini taminlasin.
4. Quyidagilar:
musobaqalarni
o’tkazish bo’yicha tashkiliy masalalar bilan bog’liq xarajatlar
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga ajratilgan byudjet mablag’lari,
xorijiy investorlarning mablag’lari, jismoniy va yuridik shaxslarning
homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
manbalar;
musobaqalarni o’tkazish uchun tanlovga buyurtma berish,
badal puli, kafolat depoziti hamda O’zbekistonda musobaqalarni targ’ibot
(reklama) qilish uchun mablag’larni Osiyo Olimpiya Kengashiga o’tkazib
berish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2025 yilgacha
har yili O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga ajratilgan byudjet va
xorijiy investorlarning mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi
inobatga olinsin.
5. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyurtmanomalariga
muvofiq sport turlari bo’yicha xalqaro federaciyalar (uyushmalar), Osiyo
federaciyalari (uyushmalari) va Osiyo Olimpiya Kengashi vakillariga
vizalarni konsullik va boshqa yig’imlar undirmasdan, zarur hollarda,
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirsin.
6.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi
Bosh vazir o’rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi
A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
A. Aripov
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati