FutbolYangiliklar

Odil Ahmedov Xitoydan O’zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi

Futbolchilarimiz xayriya ishlarida faolik ko’rsatishmoqda.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning “Shanxay SIP” klubi futbolchisi Odil Ahmedov mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda tibbiyot muassasalar uchun zarur vositalarni taqdim qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, tibbiy kombinezonlar, himoya ko‘zoynaklari va yuz himoya niqoblari O‘zbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida yaqin kunlarda mamlakatimizga etkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BAAning “Sharja” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘zi tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga kunlik ishlatiladigan mahsulotlar (kartoshka, piyoz, un, yog‘, go‘sht va hokazolar)ni taqdim etgandi.

Keyinroq “AGMK” klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik fondiga 75 mln so‘m o‘tkazib berdi.

Qayd etib o’tish joiz, bu Odil Ahmedov tomonidan ikkinchi xayriya hisoblanadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button