Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiyaning Sport24 nashriga intervyu berdi.
— Odil
yaqinda Namanganga gumanitar yordam jo‘natdingiz. Bu xayrli ish haqida aytib
bersangiz.
— Hozir
hammaga og‘ir. Shu sabab Xitoyda kelib bu yerdan O‘zbekistonga shifokorlar va
kasalxonalar uchun kerakli buyumlarni yubordim. Kerak bo‘ladigan barchasini
jo‘natdik: qo‘lqoplar, niqob, ko‘zoynak va ko‘plab boshqa vositalar.
—
Koronavirus faqat Xitoyni emas butun dunyoni egallashini kutganmidingiz?
— Butun
dunyo bundan aziyat chekadi deb o‘ylamagandim, albatta. Ilk kunlari Uxandagi
virus haqida gapirilganda hech kim uning bu qadar global tus olishini
kutmagandi.
Men
koronavirus Uxandayoq to‘xtaydi deb o‘ylagandim. Biroq, afsuski, bir hafta
o‘tib butun Xitoy jabr ko‘rdi. Bu yerda ko‘pchilik virus Xitoydan tashqariga
chiqmaydi deb o‘ylagandi. Biroq endi hamma xavf ostida… Bu dahshatli va
qo‘rqinchli.
—
Xitoyda rekord vaqt ichida shifoxonalar va tibbiy markazlar qurib bitkazildi…
— Hukumat
va davlat nima desa, fuqarolar bunga amal qiladi. Karantin deyildimi — barcha
xitoylik uyda o‘tiradi. O‘ylashimcha, Xitoy mana shu sabab koronavirusni
yengishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat karantin orqali infeksiyani yo‘qotish mumkin.
Xitoyda buni darhol tushunishdi.
Men ilk
kunlarni yaxshi eslayman, O‘zbekistonga ketayotgan vaqtim aeroport yo‘lida
birorta ham mashina yo‘q edi. Mana bu
tartib intizom!
— Hozir Xitoydagi holat qanday?
— Hayot avvalgi holiga qaytdi. Ko‘chalarda
xalq ko‘paydi, hamma joy ochiq. Odamlarda oldingidek qo‘rquv yo‘q. Ha, Shanxay
aholisi hali ham niqoblarda yuribdi, ehtiyotkorlik qilmoqda, biroq umumiy
olganda hammasi joyida.
—
Klub rahbariyati nima deyapti, Xitoy chempionati qachon boshlanadi?
—
Shanxayga kelib ikki hafta karantin saqlab uyda o‘tirdim. Hozirda mashg‘ulotlarni
to‘liq olib boryapmiz. Mavsum qachon boshlanishi hozircha noma’lum.
Bilishimcha, mavsum start olishi uchun — virus butkul yo‘qolishi kerak. Xitoy
virusdan to‘liq qutulmoqchi. Shundan keyingiga futbolga navbat. O‘ylashimacha,
iyunning boshi yoki mayning oxirida.
—
Hozirda ko‘plab klublar xodimlar va futbolchilarning maoshini qisqartirmoqda. Sizlarda vaziyat qanday?
—
Aytishlaricha, maoshlar 30 foizga qisqarar ekan. Hozircha to‘liq ma’lumot yo‘q.
Ko‘rshapalak, Xitoy ovqatlari va
Rossiyaga qaytish varianti haqida
—
Uch yildan oshiq vaqt mobaynida Xitoydasiz. Hayot qanday?
—
Xitoy — Rossiya kabi juda katta mamlakat… Bu yerda uzoq parvoz qilasan,
ko‘plab o‘yinlar o‘tkazasan. Odamlar — yoqimli va sodda. Xitoyliklar futbolni
yoqtiradi, chempionat mavsumdan mavsumga rivojlanmoqda. Mahalliy futbolchilar saviyali legionerlar hisobiga
tajriba to‘plamoqda.
—
Xitoy chempionati Rossiyanikidan nimasi bilan farq qiladi?
— Rossiya
futboli birmuncha ayovsiz va yakkakurashga boy, bu yerda esa ko‘proq texnika va
kombinatsiyaga asoslangan o‘yin.
—
Xitoyda bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz?
— Asosan
uyda bo‘laman, aylanishga juda kam chiqaman. Kitob o‘qiman, kino tomosha
qilaman, yaqinlarim bilan suhbatlashaman.
—
Keyingi rejalar qanday? Sizning shartnomangiz ham dekabr oyida tugaydimi?
— Ha,
shartnomam “1+1” ko‘rinishida. Agar hammasi joyida bo‘lsa uni uzaytiraman.
—
Faraz qiling, sizga Rossiya chempionatidan taklif tushdi…
— Endi
yosh emasman, keyingi yili 34 yoshga kiraman. Rossiyadan taklif bo‘ladi deb
o‘ylamayman. Haqiqatga yaqin variant — uyga, O‘zbekistonga qaytish.
—
Xitoyda nimaga ko‘nikib bo‘lmaydi?
—
Ovqatiga. Harchand urinmay, o‘zimni bunga majbur qila olmadim.
—
Biz asta sekin ko‘rshapalak mavzusiga kelib qoldik…
— Bu faraz
to‘g‘ri ekaniga shubham bor. Kimdir Uxanda ko‘rshapalak yeb, kasallik yuqtirib
olishi… Ehtimoli juda kam. Eshitishimcha, virus qandaydir laboratoriyadan
chiqqan.
—
Halk bilan tez tez Rossiya haqida gaplashib turasizmi?
— Ha, u Rossiyani
sog‘inganini aytadi. Ayniqsa Sankt-Peterburgning go‘zalliklarini sog‘inadi.
Unga Piter yoqardi. Shahar uning qalbidan joy olgani ko‘rinib turadi.
—
Rossiyadagi sobiq jamoadoshlaringiz bilan aloqaga chiqib turasizmi?
— “Anji”da
Lyosha Ivanov bilan tanishganman — yaxshi yigit, suhbatlashib turamiz.
“Krasnodar”dan esa o‘zbek yigiti Nikolay Markov bilan. Bori shu, qolganlar
bilan afsuski, aloqalar uzilgan.
—
Umuman olganda Rossiya futbolini kuzatasizmi?
— Agar bu
yerda juda kech bo‘lib ketmasa — RPLni muntazam kuzatib boraman. Axir 6 yil
Rossiyada to‘p surganman — o‘zing uchun qadrli bo‘lib qolgan chempionatni
kuzatmaslik mumkin emas.
—
“Anji”dagi hozirgi holatdan xabaringiz bormi?
— Albatta.
Bu ishlar meni hayron qoldirdi — shunday tarix va muxlislarga ega jamoa bunday
holatda qolgani achinarli. Dog‘istonda futbolni sevishadi, futbol bilan
yashashadi. Shu sabab bu hudud uchun katta fojia. Biroq umid qilamanki,
Suleyman Kerimovdek odamlar yana topiladi va Dog‘istonga katta futbol qaytadi.
—
Xitoydagi birorta stadion Krasnodar arenasi bilan tenglasha oladimi?
— Yo‘q.
Xitoydagi arenalar yomonroq. Hech biri “Krasnodar” stadioniga teng kela
olmaydi.
Shomurodov, Mamayev va Kokorin
voqeasi, Odil Junior haqida
— Eldor Shomurodov — O‘zbekistonning
2019-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi, hozir RPLda ham yaxshi harakat qilmoqda.
Siz unda bunday potensialni ko‘rganmidingiz?
—
Xarakter, tezlik, bo‘y — bu hozirda futbol uchun juda muhim. Unda har doim
iste’dod bo‘lgan, shunchaki vaqt kerak bo‘ldi. Eldor o‘z potensialini ko‘rsata
oldi. U top darajada harakat qilmoqda!
—
Hozir unga Yevropadan qiziqish bor. Eldor APLda o‘ynab keta oladimi?
— Agar
aniq variantlar bo‘lsa, ketish kerak. Rossiya chempionati endi kuchsiz emas,
RPLda buncha gol urish osonmas. Shomurodov Yevropada o‘ynashga tayyor.
—
Fyodor Smolovda JCh—2018 oldidan “Selta”dan yaxshiroq bir qator jiddiy
variantlar bor edi, 29 yoshda birdaniga La Liga yo‘l olish…
—
Hammasining o‘z vaqti soati bor, u ketib to‘g‘ri qildi. Fedya “Krasnodar”dagi
kabi yaxshi futbol namoyish qila olishiga ishonaman. Umid qilamanki, Ispaniyada
ham gol urishda davom etadi. Buning uchun unda salohiyat bor.
—
Mamayev va Kokorin ishiga munosabatingiz?
— Agar
oddiy odamlar bilan bunday ish sodir bo‘lganda, bu qadar qattiqqo‘llik
ko‘rsatilmasdi. Biroq hammasi ortda qoldi. Yigitlar o‘ynashda davom etmoqda —
Mamayev uchun xursandman. Kokorin ham tanaffusdan avval yaxshi formaga
chiqqandi.
—
O‘zbekistondagi futbol maktabingiz haqida gapirsangiz?
— Menda
ikkita maktab bor — biri Toshkentda, boshqasi tug‘ilgan shahrim Namanganda.
Asta sekin ishlayapmiz, bolalarga barcha kerakli bilimlarni beryapmiz. Mening
paytimda hozirgidek sharoit va maydonlar bo‘lmagan.
Bir qator
iqtidorli futbolchilarni eslayman, biroq ular mahalladan tashqariga chiqa
olmagan. Chunki ularga professional futbolchi bo‘lib yetishish uchun sharoit va
pul berilmagan. Ko‘plab misollarni bilaman, masalan, ko‘pchilikda Toshkentga
borish va o‘ynash uchun pul yo‘q edi. Shu sabab ona shahrimda futbol maktabi
ochdim. Barcha iqtidorli bolalar uchun sharoitlar tekinga qilib beriladi.
—
Sizda ikki nafar o‘g‘il farzand bor. Ularni futbolchi qilasizmi?
—
Menimcha, ular futbolga qiziqmaydi. Agar shunday bo‘lsa, ularni kuch bilan
futbolga bermayman.
Blits
—
Sizga qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchi.
— Kevin de
Bryuyne.
—
Eng kuchli sherik.
— Villian.
—
O‘z iqtidorini to‘liq namoyish eta olmagan futbolchi.
— Oleg
Shatov. U ulkan marralarga erishadi deb o‘ylagandim. Undan ko‘prog‘ini
kutgandim.
—
MDH mamlakatlari futbolchilari ichida eng kuchlisi kim?
— Genrix
Mhitaryan.
—
So‘nggi o‘n yillikda MDHning eng kuchli uch nafar futbolchisi.
— Mhitaryan, Jirkov, Dzyuba.