Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

OChL guruh bosqichi o‘yinlari bir mamlakatda davom ettiriladi

OFK Chempionlar ligasining 2020 yilgi bahslari davom etishi bo‘yicha klublar va milliy assotsiatsiyalarga xat yo‘lladi. Bu haqda “Paxtakor” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Unga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan va muhokamada bo‘lgan uch variantdan eng qulayi sanalgan markazlashgan format tanlab olindi. Guruh bosqichi uchrashuvlari bir mamlakatda davom ettiriladi. Klublar va milliy assotsiatsiyalar taklifi asosida OFK guruh bahslarini ma’lum mamlakatga topshiradi. Ushbu o‘yinlarning avgust oyidan avval o‘tmasligi belgilangan. Chunki mintaqamizda yoz fasli harorati avgustdan oldin futbol o‘ynashga katta qiyinchilik tug‘diradi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” klubi OChL 2-turidan keyin 6 ochko to‘plab, o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.