Xabibning boshida qora bulutlar.
25 aprel kuni, Rossiya OAVda “UFC”ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi va otasi Abdulmanap Nurmagomedov kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berildi. Kasalxonaga yotqizilish sababi ochiqlanmagan.
Bu ma’lumotni taniqli sharhlovchi va Nurmagomedovning do’sti Ramazan Rabadanov tasdiqladi.
“Men kecha Xabibning bog’ida Abdulmanapni ko’rudim. Bugun esa u shifoxonaga tushib qolganini, eshitib hayron qoldim.Umid qilaman tez kunlarda ya’na bog’da ko’rishamiz”,- deb yozadi Rabadanov Facebook ijtimoiy tarmog’ida.
Eslatma,Abdulmanap Nurmagomedov 57 yoshda bo’lib Rossiyada xizmat ko’rsatgan murabbiy hisoblanadi.
Manba: http://championat.com