Promouter Eddi Xirn koronavirusning ijobiy tomoni haqida gapirdi.
Uning fikricha, koronavirus boks biznesini o’zgartiradi.
«Ushbu
vaziyat bizga xech narsa kafolatlanmaganligini ko’rsatadi. Bo’ladigan
ishni ortga surish yaramaydi. Bokschilar yirik janglar keyin emas, aynan
hozir tashkil etilishi lozimligini tushunishmoqda. CHunki bu eng oxirgi
virus bo’lmasligi ham mumkin.
Agar bokschilar jang qilishmasa,
pul ishlay olishmaydi. Uzoq tanaffusdan so’ng barcha maksimal ravishda
pul ishlab olishni istaydi. Faqat katta janglar bunday imkoniyatni
beradi.
Epidemiya yakunlanganidan so’ng har bir sport turi
muxlislar etibori uchun kurashadi. Biz faqatgina yaxshi maxsulot
tayyorlab, ularning etiborini o’zimizga qaratib olishimiz mumkin. Ular
o’tkazib yuborish mumkin bo’lmagan janglar bo’ladi», – dedi Eddi Xirn.