“Paxtakor”ga qaytmoqchi emasligi ma’lum.
“Paxtakor”dan
ijara asosida “Energetik-BGU”klubida to‘p surayotgan 22 yoshli yarimhimoyachiga
Yevropaning bir qator chempionatlaridan takliflar kelib tushgan. Bu haqda
Toshkent klubi sport direktori Ja’far Irismetov Tribuna.uz muxbiri bilan
suhbatda ma’lum qildi.
–
Ja’far aka, “Paxtakor”ga tegishli bo‘lgan Jasur Yaxshiboyev Yevropada
to‘xtatilmagan yagona chempionatda legioner sifatida o‘zini ko‘rsatmoqda. Unga
takliflar tushdimi?
– Ha,
Jasur Yaxshiboyev bo‘yicha bizga takliflar bor. Xususan, Portugaliya, Polsha va
Vengriya klublaridan qiziqishlar bo‘ldi.
–
Qaysi klublar ekanligini ayta olasizmi?
–
Portugaliya chempionatidan o‘rtamiyona klubdan taklif bor, Polsha va
Vengriyadan esa yetakchi jamoalaridan chaqiruv bor.
– “Paxtakor”bu
borada qanday yo‘l tutmoqchi? Har holda Yaxshiboyevning o‘zi yaqinda “Paxtakor”ga
qaytmoqchi emasligini aytib o‘tdi…
– Bundan
xabarimiz bor, balki uning “Paxtakor”da o‘ynagisi kelmayotgandir. Agarda bosh
murabbiy uning qaytishini istasa, faqat futbolchining xohishiga bog‘liq
bo‘lmaydi. Ko‘ramiz, balki uni sotarmiz. Buni murabbiy va rahbariyat hal
qiladi.
–
Jasur Yaxshiboyevning “Paxtakor” bilan shartnomasi necha yilga tuzilgan?
– Hali
yana to‘rt yillik shartnomasi bor. Kelishuv 2023 yilning 31 dekabr kuniga qadar
imzolangan. Klub futbolchi bilan aloqada bo‘lib turibdi. Umid qilamizki,
futbolchimizning Belarus Oliy ligasidagi faoliyati muvaffaqiyatli davom
etadi.
Usmon Ibodov suhbatlashdi.
Manba: Tribuna.uz