FutbolYangiliklar

Gvardiolaning onasi koronavirus sababli vafot etdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning onasi vafot etdi.

”SHaharliklar” matbuot xizmati xabariga ko’ra, Dolores Sala Karrio bugun Barselonada koronavirus sababli vafot etgan. U 82 yoshda edi.

“Klubda ishlaydigan barchaning nomidan Pep va uning oilasiga hamdardlik bildiramiz”, – deb yoziladi klub bayonotida.

Oldinroq Gvardiola koronavirusga qarshi kurashish uchun Barselona kasalxonalariga 1 mln evro xayriya qilgandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button