Futbol

Davronjon Ergashev: “Har kuni ota-onam bilan duodaman”

Bunyodkorning tojikistonlik legioneri Davronjon Ergashev karantin sababli ayni kunlarda o’z uyida bo’lib turibdi. Davron bilan klub matbuot kotibi bog’lanib futbolchi qanday yumush bilan band bo’lib turganiga qiziqdi.

– O’zbekistonda karantin elon qilinganidan keyin yurtimga, Tojikistonga kelganman. Hozirda Xo’jand shahrida oila azolarim bilan birgaman. Aytishim kerak, kutilmagan tatil sababli formani yo’qotib qo’ymaslik maqsadida kuniga ikki mahaldan mashg’ulot o’tkazyapman. Ertalab fitness zalida shug’ullanayotgan bo’lsam, tushdan keyin sobiq jamoadoshlarim bilan birga mashg’ulotlarda qatnashyapman. Garchi tatilda bo’lsa-da, jim o’tirganim yo’q.

Albatta murabbiylar bilan aloqada bo’lib turibman. Aynan ularning ko’rsatmalari asosida mashg’ulot o’tkazyapman.

Yaratganga shukr, Tojikistonda vaziyat yaxshi. Hayot doimgidek davom etmoqda. Hukumat tomonidan koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralari ko’rilgan. Biz qardosh xalqlarmiz. SHuning uchun doim O’zbekistonda ham vaziyat tezroq yaxshi tomonga o’nglanishi tarafdorimiz. Buning uchun duodamiz. Xususan, har kuni ota-onam bilan O’zbekistondagi hayot odatdagi tarzga qaytishi uchun duo qilyapmiz. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo’ladi.

Tojikistonda milliy chempionat o’yinlari boshlandi. Albatta o’yinlarni kuzatib boryapman, faqat oynai jahon orqali. Boisi, uchrashuvlar hozircha muxlislarsiz o’tkazilmoqda. Klublarda bir qator o’zbekistonlik futbolchilar o’ynayotganidan ham xabarim bor. Xususan, o’tgan mavsum “Bunyodkor”da to’p surgan Sanjar Rixsiboev hozir “Xo’jand” sharafini himoya qilmoqda. Aytishim kerak, jamoa ishqibozlari Sanjar haqida iliq fikrlarni bildirmoqda. Zero, u bunga munosib, chunki Sanjar qisqa vaqt ichida o’zini ko’rsata oldi va haqli ravishda muxlislar mehrini qozondi. Xudo xohlasa Rixsiboev chiroyli o’yinlari bilan yana ishqibozlarni xursand qiladi, degan umiddaman.

“Bunyodkor”da etiborimni tortgan asosiy jihat shu bo’ldiki, jamoada barcha, murabbiylar, futbolchilar va boshqalar, hamma bir-birini qattiq hurmat qilar ekan. Jamoa bir oila bo’lishi kerak deyishadiku, “Bunyodkor” rostdan bir oila. Rosti, tezroq karantin tugasa-yu, jamoa qaytsam, deyman, – deydi Ergashev.

Manba: Bunyodkor.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button