FutbolYangiliklar

COVID-19 sabab Tojikiston chempionatida urilgan gollar o’zgacha nishonlanmoqda

Tojikiston futbol musobaqalari davom etayotgan dunyoning beshta davlatidan biri hisoblanadi. Ayni damda jahonning qolgan davlatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli milliy chempionatlar to‘xtatilgan.

Futbol bo‘yicha Tojikiston chempionati davom etyapti, ammo stadionlarga muxlislar qo‘yilmayapti. O‘yinlarni tomosha qilishga taqiq qo‘yilgan.

Bu manzaradan tojikistonlik futbolchilar tushkunlikka tushmadi. Ular o‘z o‘yinlari orqali xorijlik hamkasblarini qo‘llab-quvvatlashning o‘zgacha usulini topishdi. Ya’ni, har gal gol kiritilganda, kaftlarini ochib, ular haqiga duo qilishdi.

“Biz siz va butun dunyo uchun duodamiz!”, dedi futbolchilardan biri.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button