CHin o’lkasida boshlangan koronavirus bugungi kunga kelib butun dunyo bo’ylab tarqalib bo’ldi.
Xitoy esa ayni paytga kelib, kasallikni deyarli engib bo’ldi va
mamlakatda hayot yana “jonlana” boshladi. Xususan, bir qator
provinciyalarda ishlar boshlandi, jamoat transportlari harakatlanishiga
ruxsat berildi. Yana bir ahamiyatlisi ushbu mamlakat og’ir atletika
murabbiylari test rejimida ichki chempionatini o’tkazdi.
Ushbu
sinov musobaqasidan asosiy maqsad karantindan so’ng atletlarning
jismoniy va texnik holatini ko’zdan kechirishdan iborat bo’ldi. SHu bois
xitoylik murabbiylar sinov musobaqasiga erkaklar va ayollar o’rtasida
Tokio Olimpiadasiga davogar bo’lgan ishtirokchilarini qo’yishdi.
Takidlanishicha, yakuniy natijadan murabbiylarning ko’ngli deyarli
to’lgan.