Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Bundesliga klublari koronavirus sabab bankrotlik yoqasida

Virus talofatlarga sababchi bo’lmoqda.

Germaniya chempionatining birinchi va ikkinchi divizionlarida ishtirok etuvchi 36 klubning 13 tasi koronavirus pandemiyasi sabab bankrot bo’lishi mumkin.

Bundesliga 2’ning 7 vakili va birinchi liganing yana bir ishtirokchisi may oyida, 2 yoki 3ta jamoa iyun oyida bankrot bo’lishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, Germaniya chempionati 13 martda nomalum muddatga qoldirilgan edi. Xabar qilinishicha, o’yinchilar kamida 30 aprelga qadar boshlanmaydi.

Germaniya koronavirus avj olgan mamlakat ro’yxatida 4-o’rin (AQSH, Ispaniya va Italiyadan so’ng)da turibdi. Mamlakatda 100 mingga yaqin inson infekciyani yuqtirib olgan.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.