Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Boks

Bokschi Muhammad Alining O‘zbekistonga kelishi qanday bo‘lgan edi?

Asl ism-sharifi Kassius Kley bo‘lgan Muhammad Ali 1942 yilning 17 yanvar kuni AQShning Kentukki shtati Luisvill shahrida dunyoga kelgan. U islom dinini qabul qilib, boks olamida Muhammad Ali nomi bilan afsona bo‘lib qoldi.

Asl ism-sharifi Kassius Kley bo‘lgan Muhammad Ali 1942 yilning 17 yanvar kuni AQShning Kentukki shtati Luisvill shahrida dunyoga kelgan. U islom dinini qabul qilib, boks olamida Muhammad Ali nomi bilan afsona bo‘lib qoldi.

*

Muhammad Ali yarim og‘ir vazn toifasida 1960 yilgi XVII yozgi olimpiya o‘yinlarida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan. Professional boksning superog‘ir vazn toifasida uch karra jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Bu sharafga hozircha boshqa biror bir bokschi musharraf bo‘lmagan. Shuningdek, besh karra “Yil bokschisi” (1963, 1972, 1974, 1975, 1978 yillarda) hamda “10 yillikning eng yaxshi bokschisi” deya e’tirof etilgan.

“Olimpiya ruhi” mukofoti amerikalik yengil atletikachi Ouensning 1936 yilda Berlinda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 4 ta oltin medalga sazovor bo‘lganligining 80 yilligi sharafiga ta’sis etilgan. Mukofotning birinchi sovrindori sifatida sport, xususan, boks olamida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad Ali tanlangan.

Muhammad Ali sobiq ittifoqqa 1978 yilda, Moskva olimpiadasidan 2 yil oldin o‘sha davrdagi kommunistik partiya vakillarining taklifiga binoan tashrif buyurgan. Kelgan kunining ertasigayoq shahar markazi va Qizil maydon atrofida sport kiyimida yugurib, ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullanganini ko‘rgan hukumat a’zolari shok holatiga tushishgan.

Bokschi mazkur tashrif davomida O‘zbekistonga ham kelgan. Islom madaniyati markazi sifatida yurtimiz unda katta qiziqish uyg‘otganligi bunga sabab bo‘lgan. Muhammad Ali va uning yaqinlari “Toshkent” mehmonxonasiga joylashtirilgan. Mehmonxona xodimlarining eslashlaricha, u xonaga qo‘yilgan gilosni yoqtirib qolgan. Shundan so‘ng uning nomeriga doim yangi uzilgan mevalar qo‘yilgan va u mevalarni sevib tanovul qilgan. Shuningdek, bokschiga milliy taomimiz – palov juda ma’qul kelgan. Qaerga borishmasin, unga atab chiroyli dasturxonlar yozilib, yuksak darajada kutib olishgani sababli Moskvaga qaytganida Toshkent safaridan so‘ng, 4 kg semirganini bir necha bor aytib o‘tgan.

Toshkent ko‘chalarini aylanib yurganida baquvvat yigitni ko‘rib qolib, u bilan boksga tushib ketgan hamda o‘zini oddiy amerikalik ekanligini ko‘rsatgan.
Samarqandga tashrifi davomida u Imom al-Buxoriy maqbarasini va Ulug‘bek observatoriyasini katta qiziqish bilan tomosha qilgan.

Vetnamda harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgach, Muhammad Ali bir zumda barcha chempionlik unvonlaridan ajraldi. Shuningdek, uch yil davomida boks janglarida qatnashish imkoniyatidan mahrum etildi. Urushga borishdan bosh tortishiga sabab uning insonlarni o‘ldirishni taqiqlovchi islom dinini qabul qilganligi edi.

***

Gollivudda “Shon-sharaf xiyoboni” bor. U yerdagi yo‘lakda manhur insonlar – yuduzlarning ismi toshga o‘yilib yozilgan. 2002 yilda Muhammad Alining ham ismi shu yo‘lakka yozilishi lozim edi. Muhammad Ali bitta shart qo‘ydi – uning nomi yerda emas, devorga yozilishi lozim. Sababini so‘rashganda u payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va uning jiyanining nomi yo‘lakda bo‘lib, hamma bosib o‘tishini xohlamaganini aytgan. 
“Shon-sharaf xiyoboni”dagi marosimlar prodyuseri Anna Martines bunga rozi bo‘ldi va Muhammad Ali ismi bino devoriga o‘rnatildi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bironta ham buyuk shaxs bunday sharafga sazovor bo‘lmadi va ehtimol, Muhammad Ali yulduzining holati Gollivud tarixida yagonaligicha qoladi.

Manba: Azon.uz

Rating: 4.5 out of 5.


Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.