FutbolYangiliklar
“Barselona” stadioni nomiga haridor topildi

Britaniyalik milliarder Alki Devid “Barselona”ning uy stadioni hisoblangan “Kamp Nou” nomini sotib olish istagini bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, do‘sti Mayk Tayson bilan CBD biznesini yurituvchi milliarder “Barselona” bilan rekord darajadagi kelishuvga erishishiga ishonmoqda.
“Men bu imkoniyatga ijobiy qarayman. Bu sportdagi tarixiy voqealardan biri bo‘ladi. Bu mening hozirgi rejalarimga to‘g‘ri keladi. Biz ushbu masala yuzasidan aloqaga chiqdik va ishonchim komilki, shartnoma imzolanadi”, -deydi Devid.
Ma’lumot o‘rnida, Alki Devidning hozirgi paytdagi boyligi 1,7 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda.
Manba: The sun