2019/2020 yillardagi xalqaro mavsum yakunlandi.
Bugungi kunda
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi – FIE prezidenti Alisher Usmonovdan olingan
maktubga asoslanib, qilichbozlik bo‘yicha 2019/2020 yillarda xalqaro mavsumi
rasman yopildi va barcha qilichbozlik musobaqalari bekor qilindi. Deya xabar bermoqda,
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi.
«Bir
necha oy davomida dunyo Covid-19 pandemiyasidan qattiq ta’sirlangan. Men barcha
qilichbozlarni, federatsiyalarni hamda qilichbozlik oilasini XST va sizning
mamlakatlaringizning tavsiyalariga amal qilishni davom ettirishga da’vat
etaman.
Covid-19 bilan
bog‘liq global vaziyatni hisobga olib, 2020 yil aprel, may va iyun uchun
rejalashtirilgan barcha musobaqalarni bekor qilishga qaror qilindi.
2020 yil martgacha olingan natijalar va malakalar
saqlanadi. Reytinglar «muzlatilgan» tartibda va qoldirilgan so‘nggi
Olimpiya saralash musobaqalarini o‘tkazishimiz bilanoq faollashadi:
– Qilichbozlik bo‘yicha rapira yo‘nalishidagi erkaklar
va ayollar Gran-Prisi;
– Qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon kubogi
bosqichi;
– Qilichbozlik bo‘yicha jahon Kubogining erkaklar
o‘rtasidagi bosqichi;
– Erkaklar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon
kubogi bosqichi;
– Qilichbozlik bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida jahon
Kubogi bosqichi.
Yuqoridagi musobaqalar, to‘rt hududiy saralash
bosqichi:
– sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyat xavfsiz
bo‘lganida;
– sportchilar uchun teng o‘quv jarayoni mumkin
bo‘lganda bo‘lib o‘tadi.
– hech bir federatsiyaga ishtirok etish imkoniyati rad
etilmaydi;
– dastlabki xalqaro musobaqalar, jumladan, bir necha
«tayyorgarlik» jahon chempionati / Gran-Pri musobaqalari
o‘tkaziladi», – deyiladi xatda.