Asli O’zbekistondan bo’lgan rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti, El-yurt hurmati ordeni sohibi Alisher Usmonov yurtimizda koronavirusga qarshi kurashda olib borilayotgan harakatni qo’llab-quvvatlash yo’lida o’z hissasini qo’shdi.
Usmonov ushbu sayi harakatlar uchun 20 million AQSH dollari miqdoridagi pulni beg’araz hadya qilmoqda.
«Taniqli
tadbirkor, mecenat Alisher Usmonov ham davlatimiz rahbarining
say-harakatlarini qo’llab-quvvatlab, «Mehr-shafqat va salomatlik»
fondiga o’z hisobidan xayriya mablag’lari o’tkazayotgan saxiy
yurtdoshlarimiz qatorida shu kunlarda jadallik bilan bunyod etilayotgan
mazkur kasalxona qurilishiga baholiqudrat o’z hissasini qo’shish
niyatida ushbu shifoxonani eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan
jihozlash uchun 20 million dollar miqdorida mablag’ni ajratdi.
Bu
mablag’ O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga taqdim
etildi va xalqimiz salomatligini muhofaza qilish va tiklash maqsadida
davlatimiz rahbari tomonidan bunyod etilayotgan mazkur kasalxonani zarur
tibbiy uskunalar bilan taminlashga yo’naltiriladi», – deyiladi xabarda.
Ayni paytda Toshkent shahri va viloyatida katta hududlar karantinga olinadigan insonlar uchun maxsus joylarga aylantirilmoqda.