Yangiliklar

2030 yilgi Osiyo o’yinlari uchun O’zbekistonga raqobatchi paydo bo’ldi

Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) 2030 yilda Osiyo o’yinlarini o’tkazish uchun yana ikkita buyurtma olganligini elon qildi, deya xabar qilmoqda MOQ rasmiy sayti.

Qatarning Doxa va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shaharlari 2030 yil bo’lib o’tadigan XXI Osiyo o’yinlarini o’tkazish to’g’risida rasmiy buyurtma berishdi. Ushbu mamlakatlar Milliy Olimpiya qo’mitalarining tender hujjatlariga Doxa va Ar-Riyod shaharlari hamda ushbu davlatlar hukumatlarining Osiyo o’yinlarini qabul qilishga tayyor ekanliklari bayon etilgan ramiy murojaatlari ilova qilingan.

Bu o’rinda 2006 yilda Doxada XV Osiyo o’yinlari bo’lib o’tganligini, ammo Saudiya Arabistonida OOKning rasmiy musobaqlari umuman o’tkazilimaganlini eslab o’tish mumkin.

Osiyo Olimpiya Kengashining prezidenti shayx Axmad al-Faxad as-Sabax shunday bayonot berdi: “OOK 2030 yilgi Osiyo o’yinlarini o’tkazish uchun ikkita yaxshi buyurtma olganligidan mamnun. Bu Osiyoda Olimpiya harakatiga ishonch dalolatidir va bizning jahon darajasida yirik ko’lamda sport tadbirlarini o’tkazish bo’yicha obro’mizni yanada oshiradi. Ushbu buyurtmalar tufayli bizda endilikda 2030 yilgi Osiyo o’yinlarini o’tkazish bo’yicha barqarorlik hamda bo’lajak o’n yil davomida sport harakatimizda izchillik mustahkamlandi. Bu, shuningdek, Osiyoning global Olimpiya harakatida asosiy sherik ekanligini tasdiqlaydi. Bu Milliy Olimpiya qo’mitalarimizga, bizning mamuriyatimizga va, eng avvalo, sportchilarimizga qisqa, o’rta va uzoq muddatli aniq istiqbol rejalarini tuzish imkonini beradi”.

Malumki, XIX Osiyo o’yinlari 2022 yilda Xitoyning Xanchjou, XX Osiyo o’yinlari 2026 yilda Yaponiyaning Ayti-Nagoya shaharlarida bo’lib o’tadi. OOK 2020 yil 23 yanvarda barcha 45 ta Milliy Olimpiya qo’mitalariga 2030 yildagi XXI Osiyo o’yinlariga tender o’tkazilishi malum qilingan farmoyishni yuborgan edi.

XXI Osiyo o’yinlari mezboni va tashkilotchisining tanlanishi Xitoyning Sane shahrida VI Osiyo sohil o’yinlari arafasida – 2020 yil 29 noyabrda bo’lib o’tadigan OOKning Bosh Assambleyasida hal etilishi kutilmoqda.

Avvalgi Osiyo o’yinlari quyidagi shaharlarda bo’lib o’tgan: 1951, Nyu-Deli, Hindiston; 1954, Manila, Filippin; 1958, Tokio, Yaponiya; 1962, Jakarta, Indoneziya; 1966, Bangkok, Tailand; 1970, Bangkok, Tailand; 1974, Tehron, Eron; 1978, Bangkok, Tailand; 1982, Nyu-Deli, Hindiston; 1986, Seul, Koreya; 1990, Pekin, Xitoy; 1994, Xirosima, Yaponiya; 1998, Bangkok, Tailand; 2002, Pusan, Koreya; 2006, Doxa, Qatar; 2010, Guanchjou, Xitoy; 2014, Inchxon, Koreya; 2018, Jakarta-Palembang, Indoneziya.

Eslatib o’tamiz, avvalroq O’zbekiston 2030 yilgi Osiyo o’yinlari mezbonligi uchun davogar sifatida elon qilingandi. 

Manba: olympic.uz


Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button