FutbolYangiliklar

SHomurodov: Xalqimiz bizni kutmoqda

«Rostov» klubi forvordi FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

“Mundialga chiqish jamoa, mamlakat, men uchun ham juda muhimdir. 34 million o’zbekistonliklar yillar davomida jahon chempionatini orzu qilishgan.

Bir necha bor unga juda yaqin kelgandik, ammo eng muhim pallalarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganmiz.

Endi esa butun xalq bizdan tarix yaratishimizni kutmoqda. Umid qilamanki, bu safar uni amalga oshira olamiz va hamyurtlarimiz biz bilan faxrlanib yurishadi.

Forvard uchun eng muhimi – imkon qadar ko’proq gol urish, jamoaga ko’maklashish va muxlislarni xursand qilishdir.

Har bir o’yinda gol urishni istayman, O’zbekiston termasi tarixidagi eng yaxshi to’purar bo’lishni orzu qilaman. Bu maqsadimga erishish uchun hammasini qilaman”, deya qayd etgan Eldor.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button