Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

SHomurodov RPL yulduzlari ishtirokidagi onlayn-turnirda «Rostov» nomidan ishtirok etadi

Rostov»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to’purari Eldor SHomurodov rostovliklar nomidan onlayn-turnirda ishtirok etadi.

Pro Evolution Soccer (PES) futbol simulyatorida «Eng tez liga» onlayn-turniri tashkil etiladi. Turnir Sports.ru portali tomonidan tashkil etilmoqda.

Futbolchilar to’xtab qolgan mavsumni 23-turdan PES’da davom ettirishadi. «Eng tez liga»da ikki xil jadval bo’ladi: birinchisi – chempionat, ikkinchisi esa 8ta o’yinlik alohida jadval.

Turnirda Artyom Dzyuba («Zenit»), Yaka Biyol (CSKA), Kristian Noboa («Sochi»), Dmitriy Kopincev («Dinamo») va boshqalar ishtirok etadi.

Start – 28 martda, final esa 5 aprel (yakshanba)ga belgilangan. O’yinlarning translciyasi o’yin boshlanishidan oldin taqdim etiladi.

Manba: Fcrostov.ru

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.