Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Sportchilar biografiyasi

Odil Ahmedov

Odil Olimjonovich Ahmedov (1987-yil, 25-noyabr; Namangan, Oʻzbekiston) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampluasi yarimhimoyachi, asosan markaziy va tayanch yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Xitoyning «Shanhay» klubi futbolchisidir.


Biografiyasi va karyerasi

Odil Ahmedov 1987-yilning 25-noyabr kuni Namangan shahrida tugʻilgan. 2000-yillarning boshida U «Havbahor» va Toshkentning «Lokomotiv» futbol klublari akademiyasida tahsil olgan. Keyinroq U Toshkentning «Paxtakor» klubi oʻrinbosarlar tarkibida oʻynashni boshlagan.

«Paxtakor» safida

2006-yilda Rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi — Valeriy Kuzmich Nepomnyashiy «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Aynan Valeriy Nepomnyashiy Odil Ahmedovning oʻrinbosarlar jamoasidagi oʻyinini kuzatib uni «Paxtakor» bosh jamoasiga jalb qiladi va shu bilan Ahmedovning «Paxtakor»dagi faoliyati boshlanadi. Uning «Paxtakor» safidagi ilk debyut oʻyini oʻsha yilning 16-may kuni Ahmedov 18 yoshdaligida, safarda zarafshonning «Qizilqum» jamoasiga qarshi chempionat oʻyini boʻldi. «Paxtakor» safidagi ilk mavsumidayoq U Oʻzbekiston chempionligini va Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritadi.

2007-yilgi mavsumda Ahmedov «Paxtakor» bilan yana Oʻzbekiston chempionligini, Oʻzbekiston Kubogini va sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlar, hozir esa MDHga aʼzo davlatlar ishtirok etadigan Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogini qoʻlga kiritadi. Oʻsha mavsumda, «Paxtakor» Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida Latviyaning «Ventspils» klubini penaltilar seriyasida 9:8 hisobida magʻlubiyatga uchratib kubokga ega chiqgan edi.

2008-yilgi mavsumda Odil Ahmedov «Paxtakor» bilan Oliy Ligada ikkinchi, Oʻzbekiston Kubogi va Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finaligacha yetib keladi va har ikki finalda imkoniyatni boy berib kumush medallarni qoʻlga kiritadi. Oʻshanda «Paxtakor» Oʻzbekiston Kubogida «Bunyodkor»ga, Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalida esa Ozarbayjonning «Hazar-Lenkoran» klubiga 4:3 hisobida yutqazgan edi.

Anji safida

Yutuqlari

Jamoaviy

Oʻzbekiston bayrogʻi

«Paxtakor»

  • Oʻzbekiston Chempioni: 2006, 2007
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medallari sohibi: 2008, 2009, 2010
  • Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2006, 2007, 2009
  • Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2008
  • Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi sohibi: 2007
  • Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi finalchisi: 2008
Rossiya bayrogʻi

«Anji»

  • Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2012/2013
Rossiya bayrogʻi

«Krasnodar»

  • Rossiya Kubogi finalchisi: 2013/2014
  • Rossiya Premyer-Ligasi bronza medallari sohibi: 2014/2015

Oilasi

  • Uylangan, uch farzandning otasi
  • Otasi Olimjon Ahmedov
  • Akasi Yoqub Ahmedov Olimjonovich – oʻzbek aktyori, rejissyor va prodyuser

Shaxsiy

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2014
  • «Anji» futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011
  • «Krasnnodar» futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2014/2015

Manbalar

  • Paxtakor futbolchilari profillari
  • Odil Ahmedovni Telegramdagi fan saxifasi

    Manba:wikizero.com

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.