FutbolYangiliklar

Kornavirus tufayli tarixiy klub bankrot deya e’lon qilindi

Klub boshidan qiyin damlarni kechirmoqda.

Slovakiyaning “Jilina” klubi tez orada o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Klub rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sabab daromad yo‘qligi bois 1 apreldan boshlab faoliyatni tugatishga qaror qilgan.

“Klub futbolchilar sotuvidan kun ko‘rardi. Ammo, bugun ma’lum bo‘lmoqdagi, yozda transferlardan pul ishlab olishimiz nolga teng”, – deyiladi klub bayonotida.

Ta’kidlash kerakki, “Jilina” Slovakiyaning 7 karra chempioni hisoblanadi. Bu borada u Bratislavaning “Slovan” (9) klubidan so‘ng mamlakat tarixidagi 2-jamoa hisoblanadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button