Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

Jang o’tkazilishi so’roq ostida? UFC Mahmud Muradov bilan bog’lanmadi

UFCdagi yagona vakilimiz Mahmu Muradov 18 aprel kungi Xabib – Toni oqshomida oktagonga chiqishi lozim edi.

Katta ehtimol bilan ushbu oqshomning markaziy jangi o’tkaziladi. Lekin anderkard va qolgan saralash janglarining o’tkazilishi haqida hozircha aniq malumot yo’q. Biz vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Pragada bo’lib turgan Muradov bilan bog’landik.

– Mahmud, salom. Karantin qanday o’tmoqda?

– Hammasi joyida. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida bo’lgani kabi CHexiyada ham karantin holati joriy qilingan. Uy sharoitida mashg’ulot o’tkazyapman.

– UFC prezidenti Dana Uayt o’z intervyusida UFC-249 oqshomining hamma jangchilari ham koronavirus xavfi sabab 18 aprel kuni oktagonga chiqishga rozilik bermayotgan ekan. Sizda vaziyat qanday? Har holda farzand kutyapsizlar. Tavakkal qilmasangiz kerak?

– UFC tarafidan rasmiy xabar bo’lishini kutyapman. Hozircha hech qanday xabar yo’q. Na Dana Uayt va na boshqa rasmiylar 18 aprel kuni turnir bo’yicha menga hech narsa deyishmadi.  

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.