Xalqaro tennis federaciyasi koronavirus pandemiyasi sabab Olimpiadaning kechroq muddatga ko’chirilish tarafdori.
«Biz Xalqaro olimpiya qo’mitasi tomonidan Tokio-2020
Olimpiadasini kechroq muddatga ko’chirish bo’yicha ilgari surayotgan
g’oyasini to’liq qo’llab-quvvatlaymiz. Bu borada o’zaro hamda tennis
turnirlari haqidagi istalgan malumotni taqdim etishga tayyormiz.
Koronavirus sabab har kuni vaziyat o’zgaryapti. Lekin ishonchimiz
komilki, XOQ vaziyatga to’g’ri baho bera oladi. Hammamiz uchun eng
muhimi – Tokioga keladiganlarning salomatligi», – deyiladi ITF rasmiy
bayonotida.