O’zbekistonning engil vazndagi yangi kashfiyoti Hasanboy Do’smatov 1993
yilning 24 iyun kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. U bokschilik
faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. Ayni
paytda Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan sportchi o’zbek
boks maktabining dunyo miqyosidagi kuchli yulduzlaridan biri
hisoblanadi.
U 2011 yilda yoshlar o’rtasidagi mamlakat chempionida oltin medalni qo’lga kiritadi va kattalarning O’zbekiston boks terma jamoasi azosiga aylanadi. U shundan so’ng Kulibaev xotira turnirida kumush, Sidney Jekson xotira turnirida bronza medalini qo’lga kiritdi. Keyinchalik Ukraina va Rossiyadagi turnirlar g’olibiga aylanganida bor-yo’g’i 19 yoshda edi.
Keyinchalik, 2013 yilda Qozon shahrida bo’lib o’tgan yozgi
Universiada g’olib chiqadi. O’sha turnirda u Ozarbayjon, Tojikiston,
Mo’g’uliston va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan kuchli sportchilarni
mag’lubiyatga uchrata olgandi.
Ushbu muvaffaqiyatlardan so’ng
Do’smatov Butunjahon boks seriyasi janglarida ishtirok etish uchun
«Ukraina atamanlari» jamoasiga taklif qilinadi. U ukrain jamoasi safida
2014 va 2015 yillar davomida 7 ta jang o’tkazib, barchasida g’alaba
qozongan. SHu tariqa, u -49 kg vazn toifasida ikkinchi raqamli bokschi
sifatida Rioda bo’lib o’tadigan Olimpiada o’yinlarida yo’llanmani qo’lga
kiritgan.
2015 yilda Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Osiyo
chempionatida u barcha raqiblarini mag’lub etib, qita chempionligini
qo’lga kiritadi.
O’sha yilda Dohada bo’lib o’tgan jahon
chempionatida ikkinchi raqam ostida saralangan Do’smatov kutilmaganda
ilk jangidayoq ozarbayjonlik Rufat Husainovga imkoniyatni boy berib
qo’yadi.
Do’smatov
Rio Olimpiadasi oldidan favoritlar qatorida etirof etilgandi. U
Braziliyadagi janglarida final yo’lida deyarli barcha raqiblarini
qiyinchiliksiz mag’lub etib keldi. Hal qiluvchi jang esa kolumbiyalik
Martinez Yuberjenga qarshi to’qnash kelgan Do’smatov o’zining samarali
zarbalari evaziga Olimpiada chempionligini qo’lga kiritgan.
23
yoshli bokschi Rio-2016dagi boks turnirida ilk oltin medal egasiga
aylangan. Do’smatov O’zbekiston tarixida Muhammadqodir Abdullaevdan
keyin Olimpiada chempioniga aylangan ikkinchi bokschi hisoblanadi. Rio
Olimpiadasi yakunlariga ko’ra Hasanboy Do’smatov turnirning eng yaxshi
bokschisiga beriladigan Vel Barker sovrini sohibiga aylangan.
Rio
Olimpiadasidan Hasanboy Do’smatov O’zbekistonda yilning eng yaxshi
sportchisi deb topildi. May Osiyo Toshkentda bo’lib o’tgan Osiyo
chempionatida esa u barcha raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, ketma-ket
ikkinchi marotaba Osiyoda tengsiz deb topildi. SHuningdek, turnir
yakunlariga ko’ra Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi deb elon
qilindi.
Ayni paytda bokschimiz sentyabr oyida Germaniyada
bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Fursatdan
foydalanib, Hasanboyga jahon chempionatida ham barcha raqiblarini
mag’lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibiga aylanishini tilab qolamiz.
Erishgan yutuqlari:
2009 – SHonazarov F. xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir chempioni (Qozog’iston)
2011 – Yoshlar o’rtasida O’zbekiston chempioni
2012 – Makar Mazay xotirasiga bag’ishlangan 46-xalqaro turnir g’olibi (Ukraina)
2012 – O’zbekiston chempioni
2013 – O’zbekiston kubogi sohibi
2013 – To’rt millat kubogi g’olibi (Qozog’iston)
2013 – Nikolay Manger xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir g’olibi (Ukraina)
2014 – CHecheniston Respublikasi Prezidenti Axmad Qodirov xotirasiga bag’ishlangan turnir g’olibi (Rossiya)
2014 – Sidney Jekson xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir g’olibi (O’zbekiston)
2015 – Chemistry Cup turniri g’olibi (Germaniya)
2015 – Osiyo chempioni (Tailand)
2016 – Olimpiada chempioni (Braziliya)
2017 – Osiyo chempioni (O’zbekiston)