Tiago Uayld koronavirus yuqtirib olgan birinchi tennischi sifatida qayd etildi.
Globo Esporte xabariga ko’ra, Tiago karantinga amal qilmagani uchun
bir yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tennischi koronavirusga
test topshirgan, lekin hali javobi chiqmasdan uyini tark etgan. Policiya
bu ish yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Braziliyadagi
mavjud qonunga muvofiq Uayld bir oydan bir yilgacha bo’lgan muddatga
ozodlikdan mahrum etiladi. Qo’shimchasiga jarima ham to’laydi. Tiago o’z
aybini tan olgan.
Eslatib o’tamiz, braziliyalik tennischi yanvar oyida CHilining Santyago shahrida o’tkazilgan turnir g’olibiga aylangan edi. Bu uning ATPdagi ilk sovrini bo’lgandi.
Manba : gotennis