Abdulla 10
yoshidan boshlab dzyudo bilan shug‘ullangan. O‘smirlar o‘rtasidagi
mamlakat birinchiliklarida u ajoyib g‘alabalarga erishib, mutaxassislar
nazariga tushdi, 1995 yildan boshlab u Chirchikdagi respublika olimpiya
o‘rinbosarlari bilim yurtida murabbiy S.Murodasilov qo‘l ostida o‘z
mahoratini oshirdi. Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiliklari va
xalqaro musobaqalarda (o‘z vazni va mutlaq birinchilikda) u katta
muvaffaqiyatlarga erishdi.
19
yoshli Abdulla Tangriev Sidney olimpiadasiga borayotgan terma jamoa
tarkibiga kiritildi. Olimpiya o‘yinlarida u ikkita bellashuvni o‘z
foydasiga hal qildi. Agar Abdulla vazni 100 kilogrammdan yuqori
polvonlar musobaqasida qatnashganini hisobga olsak, bu g‘alabalar uning
istiqboli porlokligidan dalolat beradi.
Darhaqiqat, Abdulla ko‘p o‘tmay Gonkongda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan Osiyo birinchiligida zafar quchdi.
XXI
asr polvoni deb baholanayotgan Abdulla Tangriev shu yil boshida
Uzbekistan chempionatida 100 kilogrammdan yuqori va mutlak, vaznda
qo‘shaloq g‘alabaga erishdi.